«orolbo‘yi mintaqasi» tegli maqolalar


Yaponiya Orolbo‘yida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 2 mln dollar ajratdi
13 sentabr 2023, 10:54

Yaponiya Orolbo‘yida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 2 mln dollar ajratdi

Yaponiyaning 2 mln dollarlik moliyaviy ko‘magida BMTTD Orolbo‘yida iqlimga chidamli qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihasini ishga tushirdi. Yaponiya, shuningdek, innovatsion texnologiyalardan foydalanish va qishloq joylaridagi aholi barqarorligini oshirishda ko‘maklashadi.

Nukusdagi oilaviy poliklinikalarda «Allergiya va astma» maktablari tashkil etiladi
4 fevral 2023, 16:37

Nukusdagi oilaviy poliklinikalarda «Allergiya va astma» maktablari tashkil etiladi

Orolbo‘yi mintaqasida allergik kasalliklarni erta aniqlash va davolash yuzasidan «Allergiya va astma» maktablarini tashkil etish reja qilinmoqda. Nukus ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi qoshida tashkil etilayotgan maktablar aholi o‘rtasida bu turdagi xastaliklarni erta bosqichda aniqlash imkonini beradi.

OTB Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini iqlimga qarab boshqarish loyihasi uchun $150 mln qarz beradi
28 sentabr 2022, 16:09

OTB Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini iqlimga qarab boshqarish loyihasi uchun $150 mln qarz beradi

O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot banki bilan «Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini iqlim o‘zgarishiga mos holda boshqarish» loyihasi uchun bitim imzoladi. OTB loyiha uchun 25 yil muddatga va 5 yillik imtiyozli davr bilan $150 mln qarz ajratadigan bo‘ldi. Prezident mazkur bitimni ma’qullab, qaror qabul qildi.

Yevropa Ittifoqi Orol dengizining qurigan tubiga 27 ming tup daraxt ekadi
29 aprel 2022, 14:19

Yevropa Ittifoqi Orol dengizining qurigan tubiga 27 ming tup daraxt ekadi

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga sovg‘a sifatida va hukumatning sahroga aylanayotgan yerlarni tiklash bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yil oxirigacha Orol dengizining qurigan tubiga 27 ming tup daraxt ekish niyatida. YeI elchilari tomonidan daraxtlarning birinchi partiyasi 28 aprel kuni ekildi.

2026 yilgacha Orolbo‘yi hududlaridagi 1 mln gektar yerga cho‘l o‘simliklari ekiladi
22 yanvar 2022, 16:34

2026 yilgacha Orolbo‘yi hududlaridagi 1 mln gektar yerga cho‘l o‘simliklari ekiladi

Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolbo‘yi mintaqasidan ko‘tarilayotgan qum, tuz va chang zarrachalarining salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida 2022−2026 yillarda ushbu hududlarda himoya o‘rmonzorlari barpo etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarida jami 1 mln gektar yerga saksovul, qoraburoq, qandim va cherkez o‘simliklari ekiladi. Yashil qoplamalar uchun 3900 tonna urug‘ tayyorlanadi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm tadbirkorlariga qator imtiyozlar berildi
24 noyabr 2021, 11:35

Qoraqalpog‘iston va Xorazm tadbirkorlariga qator imtiyozlar berildi

Prezident qarori bilan Qoraqalpog‘istonning ayrim tumanlari va Xorazm viloyati tadbirkorlariga qator imtiyoz va preferensiyalar berildi. Mazkur hududlarda 85 ta yangi kichik sanoat zonasi tashkil etish rejalashtirilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting